BAAda bir guruh kishilar Boeing 747 samolyotini qo‘llari bilan tortishdi va ko‘z kasalliklarini davolash va oldini olish uchun o‘z hissalarini qo‘shishdi.
Dubai Airports tomonidan tashkil qilingan bellashuvda jami 10 nafar guruh o‘zining jamoaviy kuchini sinash maqsadida 747 National Air Cargo samolyotini uzoq masofaga tortish bo‘yicha o‘zaro bellashdi.
Samolyotni tortish musobaqasi Orbis (butunjahon bo‘ylab ko‘zi ojizlarni davolash va uning oldini olish bo‘yicha faoliyat yurituvchi NNT)ning “Sening ko‘z nuring, bizning baxtimiz” tashabbusi uchun zaruriy mablag‘ni to‘plash maqsadida o‘tkazildi.
Jamoalarning har bir a'zosi Qizil yarim oy jamiyati orqali Orbisga donor sifatida 1000 dirxamdan mablag‘ ajratdi.
“Samolyotni uzoq masofaga tortish tanlovi kunning eng muhim voqeasiga aylandi. U agar insonlar qandaydir muammolarni hal etish uchun birgalikda harakatlansa, ilojsiz narsani ham ro‘yobga chiqarish mumkinligini isbotladi. Aeroportning barcha xodimlari hayriya ishni qo‘llab-quvvatlab, dunyoning barcha nuqtalariga yetkaziluvchi moddiy yordamga o‘z hissalarini qo‘shishgani juda ham quvonarli bo‘ldi”, - dedi Dubai Airports ijrochi direktori Pol Griffits.
Orbisning Yaqin Sharqdagi hamkorlik rahbari Florence Branche tanlovni shunday izohladi: “Bugungi tadbirdan yig‘ilgan mablag‘lar ko‘z xastaliklaridan aziyat chekuvchi insonlarning yana ko‘proq qismiga yordam berishga va oftalmologik xizmatlarni kuchaytirishga yordam beradi”.
Tanlovda ishtirok etganlarga homiy sifatida ko‘z jarrohligi uchun har biri 10 000 dirxam turuvchi donorlik kuponlarini sotib olish imkoni berildi.
Shuningdek, maxsus xayriya tushligi tashkil etilib, ovqatlanish uchun sarflangan xarajatlar fond hisobiga o‘tkazildi.
فريق من مطارات #دبي يشارك في تحدي سحب طائرة البوينج 747 لاطول مسافة ممكنة pic.twitter.com/cr8MOxgw2Y
— مطارات دبي (@DubaiAirportsAr) 3 marta 2016 g.