Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Ahmadzayning ma'lum qilishicha, mamlakat sharqidagi IShID bilan aloqador jangarilar butunlay yakson qilingan. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.
Parlament a'zolari qarshisidagi chiqishi vaqtida u Pokiston bilan chegaradagi Nangarhar viloyati hududid IShID ta'siri ostida bo‘lgan jangari guruhlarga qarshi harbiy amaliyotlar o‘tkazilgan va ular yo‘q qilingan.
Amaliyotlar 21 kun davomida viloyatning Achin va Shinvar tumanlari hududlarida o‘tkazilgan hamda yuzlab jangarilar o‘ldirilgan.
Uning qo‘shimcha qilishicha, "Afg‘oniston IShID uchun qabristonga aylandi".
Xabar qilinishicha, IShID 1 yildan oshiqroq vaqt davomida Afg‘oniston hududida o‘z mavjudligini saqlab turdi. Bu yerdagi guruh a'zolarining aksar qismi "Tolibon"ning sobiq jangarilaridan iborat bo‘lgan.