Amerikalik aka-uka lotereya o‘yinida eng katta va eng kichik jyekpotlarni yutib olishdi

Jamiyat 15:52 / 06.03.2016 7266

AQShning Pensilvaniya shtatida sudyalik qiluvchi 67 yoshli Jyeyms Stoklas lotereyadan 291,4 million dollar yutib oldi. Xuddi shu o‘yinda uning tug‘ishgan ukasi Bob ham yutuqqa erishgan, faqat uning yutug‘i kamtargina – yetti dollar.

Jyeyms Powerball lotoreyasini Floridada do‘stlari bilan dam olayotganda sotib olgan. 4 mart kuni ertalab u raqamlarni ko‘rib, g‘olib bo‘lganini anglagan. “Men quvonchdan chinqirib yubordim va restorandagi barcha xo‘randalarni nonushta bilan siyladim”, -dedi u.

"O‘z yutug‘ini u birga chipta sotib olgan ikki og‘aynisi bilan bo‘lishmoqchi. Jyeyms yutuq pullarini ma'lum vaqt davomida bo‘lib-bo‘lib emas, birdan olishga qaror qilgani uchun, lotereya o‘yini qoidalari bo‘yicha yutuq miqdori 191 millionga kamaygan. Soliqlarni ayirib tashlansa, uch do‘stga 40 million dollardan nasib etadi", deb xabar beradi NBC News.

Aka-ukalarning yutuq miqdoridagi farqlar yer bilan osmoncha bo‘lsa ham lotereya tashkilotchilari ularning ikkisi uchun ham kattalashtirilgan chek nusxalarini tayyorlashdi.

Jyeyms boshiga baxt qushi qo‘ngan bo‘lsa ham o‘z ishidan ketmasligini ma'lum qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: