"Bavariya" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yozda myunxenliklar darvozaboni Manuel Noyyerni "Manchester Siti"ga taklif qilishi haqida OAVda paydo bo‘lgan gaplarga izoh berdi.
"Noyyer agar o‘zi istasa, yaqin 5, 6, 7, 8 yoki 9 yil davomida "Bavariya" darvozaboni bo‘ladi. Umid qilamanki, u faoliyatini shu yerda yakunlaydi", deb aytdi Gvardiola.
Noyyer 2011 yilda "Bavariya"ga "Shalke"dan o‘tgan.