Xitoy milliy kiberxavfsizlik tizimini mukammallashtirishni rejalashtirmoqda

Jahon 11:30 / 05.03.2016 2204

Xitoy kiberxavfsizlik xalqaro qoidalariga hamda kiberjinoyatchilikka qarshi kurashga qo‘shilishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi «Sinxua».

Ushbu chora-tadbir 2016 yildan 2020 yilgacha mamlakatni rivojlantirishning yangi besh yilligi doirasida taqdim etilgan.
Ma'lum qilishlaricha, mamlakat milliy kiber boshqaruv tizimini diqqat bilan kuzatib boradi. 13-besh yillik rejasiga ko‘ra, milliy xavfsizlik monitoringi yanada mustahkamlanadi.

Umuman olganda, Xitoy Xalq Respublikasi kelgusi 13-besh yillikda hukumat boshqaruvining turli sohalarini, jumladan, iqtisod, jamiyat, resurslar va boshqa sohalarni yanada rivojlantirishni maqsad qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: