Shveytsariya hukumati migratsiyaga taalluqli konstitutsion me'yorlarga bir qator o‘zgartirishlar kiritish qarorini qabul qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
"Hanuzgacha Yevropa Ittifoqi bilan kelishuvga erishilmagani sababli, Federal kengash immigratsiyani nazorat qilish uchun bir tomonlama himoya choralarini taklif qilmoqda. Bu choralar muhojirlar soni ma'lum darajadan oshib ketsa, unga yillik limitni o‘rnatishga imkon beradi", deb aytildi hukumatda.
Ta'kidlanishicha, Shveytsariya bu qarori bilan 2014 yil 9 fevraldagi referendumda xorijliklar uchun limitni qaytarish haqidagi qarorini tasdiqladi.