5 mart kuni Checheniston poytaxti Grozniyda "Axmat" boksyorlik klubini taqdim qiluvchi Ruslan Chagayev avstraliyalik bokschi Lukas Braunga qarshi jangda WBA chempioni unvonini ikkinchi bor himoya qiladi. Boks uchrashuvi "Kolizey" sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.
Boks kechasi davomida 13 ta jang bo‘lib o‘tadi. Kechaning ring-anonserlari Aleksandr Zagorskiy va afsonaviy Maykl Baffer bo‘ladi.
Chagayev bu unvonni 1,5 yil avval Grozniyda 35 ming kishilik "Axmat-Arena"da hakamlar qarori bilan Fres Okendo bilan jangda qo‘lga kiritgandi.
Jang munosabati bilan Checheniston prezidenti Ramzon Qodirov 4 mart kuni Grozniydagi restoranlardan birida bazm berdi. Bu bazmga shuningdek mehmon sifatida O‘zbekistonning eng mashhur xonandalaridan biri, O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova ham taklif qilindi. Yulduz Usmanova o‘zining vatan haqidagi betakror va go‘zal "Adoying bo‘lgaymiz seni O‘zbekiston" qo‘shig‘ini zaldagi olqishlar sadosi ostida kuylab berdi.
Bazmning to‘ridan esa Ramzon Qodirov va Ruslan Chagayev o‘rin egallashdi.
Ramzon Qodirov Yulduz Usmonovaga o‘z minnatdorchiligini bildirib, Ruslan Chagayevga bo‘lajak jangda katta zafarlar tilab qoldi.
Ushbu voqea muhrlangan videoni sizning ixtiyoringizga havola qilamiz.