Rossiya va Xitoy Osiyoda qurol-yarog‘ poygasiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta'kidlamoqda

O‘zbekiston 07:46 / 05.03.2016 5004

Rossiya va Xitoy vakillari Shimoli-sharqiy Osiyoda qurol-yarog‘ poygasiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi haqidagi fikrga kelishdi, deb aytilmoqda Rossiya tashqi ishlar vazirligining rasmiy saytida.

"Mintaqada qarama-qarshilikka borish va qurol-yarog‘ poygasini avj oldirishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligiga e'tibor qaratildi. Vujudga kelayotgan xavf va tahdidlarga Shimoli-sharqiy Osiyodagi xavfsizlikning samarali mexanizmlarini shakllantirish va ishonchni mustahkamlash orqali oqilona javob berish zarurligi ta'kidlab o‘tildi", deyilmoqda xabarda.

Tomonlar Shimoliy Koreya tomonidan o‘tkazilgan yadroviy sinovlar ortida mintaqada xavfsizlik sohasidagi vaziyatning rivojlanishi borasida fikr almashishdi.

Ko‘proq yangiliklar: