Mutlaq jangchilik chempionati chempioniga rekord gonorar to‘lanadi

Sport 22:31 / 05.03.2016 7818

Mutlaq jangchilik chempionatining (UFC) o‘rta yengil vazndagi chempioni Konor Makgregor amerikalik Neyt Diasga qarshi o‘tkazadigan jangi uchun rekord darajadagi gonorar oladi, deb xabar bermoqda mmaboxing.ru nashri.

Makgregorning gonorari pulli namoyishlardan foizlar, xomiylik to‘lovlari va bonuslar hisobga olinmagan holda 1 mln dollarni tashkil qiladi. 27 yoshli irlandiyalik jangchi bunday katta gonorar olayotgan birinchi jangchi bo‘ladi. Uning raqibi Neyt Diasning kafolatlangan gonorari esa 500 ming dollarni tashkil qiladi.

Makgregor va Dias o‘rtasidagi jang 6 martga o‘tar kechasi Los-Anjyelesda bo‘lib o‘tadi. Jangda UFC chempioni unvoni uchun kurash olib boriladi.

Makgregor faoliyati davomida 21 ta jang o‘tkazib, ulardan 19 tasida g‘alaba va 2 tasida mag‘lubiyatga uchragan. 30 yoshli Dias esa 28 ta jangdan 18 tasida g‘olib, 10 tasida mag‘lub bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: