Italiya pitssani YuNeSKOning madaniy merosi ro‘yxatiga kiritishni taklif qilmoqda

Jamiyat 07:16 / 05.03.2016 1485

Italiya pitssani YuNeSKOning Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritishni taklif qilmoqda, deb xabar bermoqda RNS nashri.

Sole 24 ore nashrining yozishicha, bunday qarorni Italiyaning YuNeSKO ishlari bo‘yicha milliy komissiyasi qabul qilgan.

Ta'kidlanishicha bu ro‘yxatga "Margarita" pitssasi kiritilgan, chunki u butun dunyoda Italiyani taqdim qiladi.

2011 yilda italiyaliklar BMTning ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkilotini an'anaviy neapolitan pitssasini YuNeSKOning Butunjahon madaniy merosi nomoddiy obektlari ro‘yxatiga qo‘shishga chaqirgandi.  

Ko‘proq yangiliklar: