Garvardning huquq maktabi qullikka aloqador bo‘lgan gerbini o‘zgartiradi

Jahon 22:07 / 05.03.2016 2790

Garvardning yuridik maktabi XVIII asrdagi qullar ustidan hukmronlikka bog‘liq bo‘lgan rasmiy gerbini o‘zgartiradi.

“Biz huquq maktabining o‘z rasmiy emblemasi bo‘lishi kerakligiga ishonamiz. Lekin u mazkur dargohning qadr-qimmatini o‘zida aks ettirishi lozim. Hozirgi gerb bu talabga javob bermaydi”, - deya ta'kidlaydi o‘qituvchilar, talabalar va bitiruvchilardan iborat tashabbuschi guruh a'zolari.

Maktab o‘z qarorini universitet ma'muriyati – “Garvard” korporatsiyasida e'lon qilgan. Biroq bu tashabbus qachon rasmiy tarzda amalga oshirilishi haqida aniq ma'lumot yo‘q.
“Juda ham ko‘p insonlar gerbdagi surat hozirgi zamon talabiga javob bermaydi, deb hisoblaydi. Ular suratda qullik bilan o‘zaro bog‘liqlikni ko‘rishmoqda”, — deb izoh berdi Garvardning huquq maktabi professori Bryus Mann.

Garvardning huquq maktabi gerbi rasmiy tarzda 1937 yilda qabul qilingan. Unda uchta bug‘doy dastasi va maktab shiori - Veritas (lotincha — haqiqat).

Ko‘proq yangiliklar: