Erdo‘g‘on Suriyada qochqinlar uchun shahar qurish taklifi bilan chiqdi

Jahon 19:29 / 05.03.2016 3004

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on qochqinlar uchun Suriya shimolida yangi shahar qurish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda Anadolu xabar bermoqda.

U bu haqda “Feniks” yashil yarim oy jamiyati marosimida aytib o‘tgan.
Erdo‘g‘onning so‘zlariga ko‘ra, yangi shahar Turkiya poytaxtidan uncha uzoq bo‘lmagan hududda quriladi.
“Yangi shaharning infraqurilmasini Turkiya shakllantiradi, uni qurishda esa xalqaro hamjamiyat yordamiga suyaniladi», — dedi prezident.
U qochqinlar uchun yangi shahar qurilishiga qaramasdan ular uchun Turkiya eshigi doim ochiq bo‘lishini alohida ta'kidlab o‘tdi.

Ko‘proq yangiliklar: