AQSh terrorchilarga qarshi hujumga V-52 bombardimonchi samolyotlarini yo‘naltiradi

Jahon 13:35 / 05.03.2016 4021

Qo‘shma Shtatlar IShID terrorchilariga qarshi kurashda V-52 strategik-bombardimonchi samolyotlarini yo‘naltirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi ma'lumotiga asoslanib, Fox News telekanali xabar qilgan.

Tarqatilgan axborotga ko‘ra, IShIDga qarshi B-52 samolyotlaridan iborat havo kampaniyasi aprel oyidan boshlanadi. Ayni damda harbiy operatsiyada qatnashuvchi samolyotlar soni borasida aniq ma'lumotlar yo‘q.

B-52 bombardimonchisi AQSh harbiy bazasiga yanvar oyida keltirilgan B-1 bombardimonchisi o‘rniga olib kelinadi, deyiladi ma'lumotlarda. B-1 samolyotlari Suriya va Iroqdagi IShID marralariga aviazarba bergan edi.

Ko‘proq yangiliklar: