Abu Dabida yashovchi Nemo va Darko ismli do‘stlar o‘zlarini sinab qo‘rish maqsadida va sog‘lom turmush tarzini saqlash uchun BAA poytaxti Dubay shaxrigacha 125 km. masofani piyoda bosib o‘tishmoqchi.
“Bu biz uchun ajoyib mashg‘ulot bo‘ladi – 120 km yo‘l piyoda uchun juda katta masofa. Biz o‘z shahrimiz va Dubayni o‘zimizning hikoya bilan bog‘lash niyatida edik”, deydi 30 yoshlik Nemo Stoyanovich.
Nemo va uning do‘sti Darko kompyuter oldida uzoq vaqt ishlab o‘tirishganini o‘ylab, endi navbat tana va idroklarini yangilash zarurligini tushunishgan.
“Biz vaqti bilan sport o‘yinlari bilan shug‘ullanib turamiz, lekin biz undan kattaroq mashg‘ulotni sinab ko‘rmoqchi bo‘ldik. Bizlar professional sportchilar emasmiz, ammo o‘zimizni sinab ko‘rishga tayyormiz”, deydi Nemo va Darko.
Nemoning aytishiga ko‘ra, ularning uzoq masofaga piyoda yurishlari uchun 25 soat ketar ekan. “Biz bir qancha tanaffuzlar ham qilmoqchimiz va masofaning asosiy qismlarini kechqurun yurib tugatishga qaror qildik. Chunki kunduz kuni juda issiq va mashinalar ko‘p bo‘ladi”, deb davom ettirdi Nemo.
Ular professional triatlonchi Omar Nurdan uzoq masofaga piyoda yurish uchun qanday oyoq kiyimlarni kiyishni, dam olishni va kerakli anjomlarni qanday tashish bo‘yicha maslahatlar olishgan.