“Mahalla malikasi” aniqlandi

Jamiyat 18:16 / 05.03.2016 8402

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, “Kamolot” YoIH BT, xotin-qizlar Qo‘mitasi hamda “Mahalla” telekanali hamkorlikda institut madaniyat saroyida 8 mart—Xalqaro xotin-qizlar bayrami, shuningdek, 2016 yil “Sog‘lom ona va bola yili”ga bag‘ishlangan “Mahallamiz malikasi” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad sog‘lom turmush tarzi, bolalar tarbiyasi, orastalik va oilada o‘zaro hurmat, muhabbat, talaba-qizlarni oilaga tayyorlash va ular o‘rtasida tinchlik, do‘stlik va hamjihatlik g‘oyalarini tarannum qilish, o‘zaro madaniy-ma'naviy hamkorlikni yanada mustahkamlashdan iboratdir.

Saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan yetti nafar go‘zal iste'dod sohibalari erishgan yutuqlari, sport sohasi, pazandalik sirlari, kuy va qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlaridan iborat shartlar bo‘yicha bellashib, o‘z iqtidorlarini namoyon etdilar.

Keskin va murosasiz, o‘z o‘rnida tomoshabinlarga bahoriy kayfiyat ulashgan bellashuvning eng zukko va dono ishtirokchisi Sarvinoz Ro‘zmetova “Mahalla malikasi”ga munosib deb topildi.

Barcha ishtirokchilar institut rahbariyati va “Kamolot”YoIH boshlang‘ich tashkiloti tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va faxriy yorliq va diplomlar bilan taqdirlandi.

Ko‘proq yangiliklar: