Butunjahon oziq-ovqat dasturi: Janubiy Afrika davlatlarining 16 mln aholisiga ocharchilik xavf solmoqda

Jahon 19:36 / 04.03.2016 5106

Janubiy Afrika davlatlarining 16 mln aholisiga ocharchilik xavf solmoqda, deb ma'lum qildi 4 martda BMTning Butunjahon oziq-ovqat dasturi. Tashkilotning JARda tarqatilgan hisobotida ocharchilikka mintaqada uzoq davom etayotgan qurg‘oqchilik va El-Nino tabiiy hodisasi oqibatlarining kuchli ta'siri sabab ekanligi ko‘rsatilgan.

"El-Ninoning ta'siri shunchalik kattalashmoqdaki, bu mintadaqa favqulodda vaziyatni yaratish bilan tahdid qilmoqda. U bilan kurashish uchun ko‘plab davlatlarning birgalikdagi sa'y-harakatlari talab qilinadi", deyilmoqda hisobotda.

Joriy yilning yanvarida Butunjahon oziq-ovqat dasturi Janubiy Afrikada ocharchilik xavf solayotgan odamlar sonini 14 mln kishi deb baholagandi. O‘shanda tashkilot bu yili noqulay ob-havo sharoiti tufayli ekin ekish uchun qulay vaqt deyarli boy berilganidan ogohlantirgandi. O‘tgan yili yetarlicha yog‘ingarchilik bo‘lmaganidan eng ko‘p miqdorda Malavi (bu yerda ocharchilik 2,8 mln kishiga xavf solmoqda), Madagaskar (1,9 mln kishi), Zimbabve (1,5 mle kishi) aziyat chekkan. Lesotoda esa hukumat dekabrda qurg‘oqchilik tufayli favqulodda vaziyat e'lon qilgan. Bu davlatda aholining uchdan bir qismi, ya'ni 650 ming kishi oziq-ovqat yetishmovchiligini boshdan kechirmoqda. Shuningdek, Angola, Mozambik va Svazilenddagi vaziyat ham xavotir uyg‘otmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: