“Simpsonlar” yaratuvchilaridan birining dugonasi vorislardan 5 million dollar talab qildi

Jamiyat 18:29 / 04.03.2016 2902

“Simpsonlar” animatsion seriali yaratuvchilaridan biri Sem Saymonning dugonasi - Keyt Porter uning vorislaridan 5 million dollar talab qilmoqda.

Keytning aytishicha, uning yigiti unga iqtisodiy muammolari bo‘lmasligi va kelajagi haqida qayg‘urmasligi uchun pul va'da qilgan, deb xabar beradi The Hollywood Reporter.

Saymon 2015 yil 59 yoshida yo‘g‘on ichak rakidan vafot etgan. Ish faoliyati davomida u ssenarist, rejissyor va multfilmning ijrochi prodyuseri sifatida to‘qqizta “Emmi” mukofotiga loyiq topilgan.

Saymonning davlati bir necha yuz million dollar deb baholanadi. Uning o‘zi boyligini xayriya tashkilotlariga, jumladan, o‘zining Sam Simon Foundation jamg‘armasiga qoldirmoqchi bo‘lgan.

Porter yollagan advokatning so‘zlariga ko‘ra, Saymonning merosxo‘rlari u hayotligida bergan va'dalarida turmayaptilar va uning vasiyatini bajarmayaptilar.
Merosxo‘rlarning vakili esa izoh berishdan bosh tortdi.

Ma'lumot uchun: “Simpsonlar” (ing. The Simpsons) — Amerika televideniyasi tarixidagi eng uzun multserial. Uning birinchi mini-seriyasi Good night 1987 yilda namoyish etilgan. Ayni paytda ushbu multserial 100 dan ortiq mamlakatda ma'lum va mashhur.

Ko‘proq yangiliklar: