Dunyo hamjamiyatini ekstremistik tashkilot hisoblanmish IShIDga qarshi kurashishda parokandalikka yuz burishi, faqatgina terrorchilar uchun qo‘l keladi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakatga tashrif buyurgan diplomatik missiya rahbari bilan uchrashuv vaqtida aytib o‘tdi.
"Bugungi kunda butun dunyo taqdiri bevosita Yaqin Sharqqa bog‘lanib qoldi", - dedi Qozog‘iston rahbari. Uning ta'kidlashicha, Suriyadagi mojaro “vaqtida hal etilmasa salbiy oqibatlarga olib kelishi” mumkin.
“Qochqinlarning bunday oqimi Ikkinchi jahon urushi vaqtidan beri bunday ko‘lamga yetmagan edi”, deydi Qozog‘iston rahbari.
Bo‘layotgan vaziyatga muvofiq ravishda Qozog‘iston “Rossiya va AQSh o‘rtasida Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish borasida erishilgan kelishuvni qo‘llab-quvvatlaydi”. "Biz tomonlarni erishilgan kelishuvlarni to‘la amalga oshirishga chaqirib qolamiz. Bu uzoq kutilgan siyosiy barqarorlikka olib keladi, deb ishonamiz”, - deydi u.