2016 yilning 1 mart kuni Pekin shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Rashid Alimov XXRdagi Hindiston Republikasi elchisi Vidjay Goxale va Pokiston Islom Respublikasi elchisi Masud Xalid bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV sayti xabar bergan.
ShHTga a'zo davlatlarning Ufa shahridagi (Rossiya) Davlat rahbarlari kengashi qarorini amalga oshirish doirasida diplomatik missiyalarning boshliqlariga ShHTga a'zo davlat maqomini olish borasidagi Hindiston va Pokistonning majburiyatlari haqidagi Memorandumlarning loyihalari topshirildi.
Bo‘lajak Toshkent sammitida mazkur Memorandumlarning imzolanishi davlat rahbarlari uchrashuvining muhim amaliy yakunlaridan biri va bu yil 15 yilligini nishonlayotgan ShHTning rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shishi ta'kidlandi.
Uchrashuvda ShHTga a'zo davlatlarning ShHT Kotibiyatidagi doimiy vakillari ham ishtirok etishdi.
Toshkentdagi sammit shu yilning 23-24 iyun kunlariga belgilangan.
Hindiston Toshkentdagi sammit vaqtida ShHT a'zosiga aylanadi