Xitoyda 1,8 million ishchi ishsiz qoladi

Jamiyat 13:40 / 29.02.2016 2716

Xitoyda 1,8 million ishchi sanoatda ortiqcha kuchlanishni qisqartirish dasturini amalga oshirish doirasida o‘z ish o‘rinlaridan voz kechishga majbur bo‘ladilar.

“Ayni paytda toshko‘mir qazib olish va po‘lat sanoati ortiqcha kuchlanishning qisqartirilishi amalga oshiriladigan joylar ro‘yxatining eng avvalida turibdi. Dastlabki prognozlarga ko‘ra, ko‘mir sanoatida 1,3 million kishi, po‘lat sanoatida esa 500 ming kishi, umumiy hisobda 1,8 million kishi ishidan bo‘shatiladi”, - dedi Xitoy Xalq Respublikasi mehnat zahiralari va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri In Veymin 29 fevral kuni bo‘lib o‘tgan matbuot-konferensiyasida.

Avvalroq Xitoy sanoat va axborot texnologiyalari vaziri o‘rinbosari Fan Fey 100 milliard yuan (15,3 milliard dollar) miqdoridagi jamg‘arma tashkil etilishi haqida ma'lum qilgan edi. Mablag‘ning asosiy qismi kadrlar qisqarishidan aziyat chekkan xodimlarni ishga joylashtirishga sarflanadi, deb xabar beradi RIA Novosti.

Yanvar oyida "Tszintszi tsankao bao" nashri XXR ning markaziy iqtisodiy tashkilotlari mamlakatning og‘ir sanoati kuchlanishini pasaytirish uchun har yili tahminan 100 milliard yuan (12,1 milliard dollar) mablag‘ sarflashni rejalashtirganini ma'lum qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: