Xitoy hukumati magnat Jen Chjitsyanning blogini blokladi

Jahon 11:54 / 29.02.2016 2062

Xitoy Xalq respublikasi internet-ma'lumotlar ishlari bo‘yicha davlat Devonxonasi xitoylik magnat Jen Chjitsyanni muntazam ravishda “yomon oqibatlarga olib keluvchi noqonuniy ma'lumotlarni chop etish”da aybladi.

"Xuantsyu shibao" gazetasida yozilishicha, devonxona magnatning 37 milliondan ortiq kishi kuzatib boradigan Sina Weibo va Tencent Weibo mikrobloglaridagi akkauntlarini bloklab qo‘ydi, deb xabar beradi TASS.

“Internet qonun mavjud bo‘lmagan makon emas, tarmoqda noqonuniy ma'lumotlar tarqatishga hech kimning haqi yo‘q”, -ma'lum qildi devonxona matbuot kotibi Tszyan Tszyun.

Maqolada keltirilishicha, Jyen Chjitsyanning XXR prezidenti Si Tszinpinni oshkora tanqid qilgani uning tazyiqqa uchrashiga sabab bo‘lgan.
Xitoy Kommunistik partiya a'zosi Jen Chjitsyan Xitoydagi eng yirik qurilish korxonasi "China Vanke" ning aksiya paketlariga ega.

Avvalroq markaziy televideniye "China Vanke" rahbariyatini 4,4 milliard yuan (667 million dollar) miqdoridagi soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashda aybdor qilgandi. 2015 yil iyun oxiriga kelib "China Vanke" aktivlari hajmi 490,2 million yuan (74,36 million dollar)ni tashkil etgan.

Jen Chjitsyanning iqtisodiy ahvoli haqidagi ma'lumotlar ma'lum qilinmayapti.

Ko‘proq yangiliklar: