Vetnamdagi xorijiy sarmoyalar ikki oy ichida 135 foizga ko‘tarildi

Iqtisodiyot 14:02 / 29.02.2016 2792

Vetnam iqtisodidagi xorijiy sarmoyalarning hajmi joriy yilning birinchi ikki oyida deyarli 2,8 mlrd. dollarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2015 yilning shu davridagi natija bilan solishtirganda 135 foizga ortganini ko‘rish mumkin. Bu ma'lumot Vetnam Investitsiya va rejalashtirish vazirligi qoshidagi Xorijiy investitsiya agentligining bugungi ma'ruzasida chop etildi.

Ma'ruzada qayd etilishicha, yil boshidan mamlakatda jami 1,9 mlrd. dollar kapital hajmi bilan 291 ta yangi loyihalarga litsenziyalar berilgan. Aynan shu vaqt mobaynida sarmoyadorlar vazirlikdan umumiy qiymati 898,3 mlrd. dollar bo‘lgan mavjud 137ta loyihalar kapitalini oshirishga ruhsat oldi.

Bu yilning boshida barcha xorijiy sarmoyalarning asosiy qismi – 71,2 foizini (2 mlrd. dollar atrofida) qayta ishlash sanoati jalb etdi. Keyingi o‘rinda xorijliklar 210 mln. dollar sarmoya kiritgan ko‘ngilochish va xizmatlar sohasi turadi. U 2016 yil Vetnamda umumiy hajmi 7,5 foiz bo‘lgan xorijiy sarmoyani tashkil etadi.

Ko‘proq yangiliklar: