Amerikaning Starbucks qahvaxonalar tarmog‘i 2017 yilda Milanda Italiyaning Percassi developeri bilan hamkorlikda birinchi qahvaxonasini ochadi.
Italiya kompaniyasi LEGO Group, Victoria's Secret, Gucci, Ralph Lauren, Nike va Ferrari kabi brendlar bilan hamkorlik qiladi. Percassi developer (ko‘chmas mulk yaratish, mavjudlarini o‘zgartirish va hokazolar bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor yoki tashkilot)i qahvaxonalarni Starbucks litsenziyasi asosida yuritadi. Aynan nechta qahvaxona ochilishi ma'lum qilinmagan, deb xabar beradi RNS.