Rimning "Roma" jamoasi rahbari Jyeyms Palotta "bo‘rilar"ga ko‘p yillardan buyon sardor sifatida o‘ynab kelgan tajribali hujumchi Franchesko Tottining bundan keyin ham ko‘p yillar davomida jamoada qolishi haqida ma'lum qildi. Bu haqda Football Italia xabar tarqatgan.
Bundan oldinroq, 39 yoshli ushbu hujumchi mahalliy telekanallardan biriga "o‘zining o‘yinlarga kam tushirilayotgani"dan hamda yangi bosh murabbiy Luchano Spaletti o‘ziga iliq munosabatda bo‘lmayotganidan shikoyat qilib, intervyu bergandi. U vaziyat o‘zgarmasa, jamoani tark etishi mumkinligini qo‘shimcha qilib o‘tgan.
Shundan so‘ng, bosh murabbiy uni 26 tur doirasida "Palermo"ga qarshi kechgan o‘yin qaydnomasiga kiritmadi va uyiga jo‘natib yubordi.
"Barcha Totti haqida o‘z taxminlarini bildirishga urinmoqda. U "Roma"da qoladi. Uzoq yillarga. Men bu futbolchini yoqtiraman", deydi Pallotta
Bundan tashqari, prezident bosh murabbiy Luchano Spaletti haqida ham yaxshi fikrlar bildirgan va uni "fantastik darajadagi murabbiy" deya atagan.
Bundan oldinroq, prezidentning Totti bilan muzokaralar o‘tkazgani va unga jamoa rahbariyatidan ish taklif qilgani haqida xabar berilgandi.
Joriy mavsumda Totti 6ta o‘yin o‘tkazdi va 1 gol urib, bir golli uzatma muallifi bo‘ldi. Uning amaldagi shartnomasi 2016 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Franchesko Totti: Vaziyat o‘zgarmasa «Roma»da qola olmayman
"Roma" prezidenti Tottiga shartnomani uzaytirish yoki yordamchi murabbiy bo‘lishni taklif etmoqda
Luchano Spalletti: «Tottini tushirmoqchi edim, lekin biz o‘z maydonchamizdan chiqolmay qoldik»