Pokistonda Panjob gubernatorining qotili qatl etildi

Jamiyat 14:21 / 29.02.2016 3287

Pokiston shimoli-sharqiy viloyati Panjob gubernatori Salmon Tasir 2011 yilning yanvar oyida o‘zining tansoqchilaridan biri tomonidan o‘ldirilgan edi.

Qotil Mumtoz Qadriyga o‘sha yilning oktabr oyida o‘lim jazosiga mahkum qilingan. Oradan 4,5 yil muddat o‘tgach, 2016 yil 29 fevral kuni hukm ijro etildi, deb xabar beradi RIA Novosti.

Qotil – sobiq politsiyachi tergovchilarga Tasirni “Islom yo‘lida” o‘ldirganini ma'lum qilgan, uningcha, gubernator Pokistonda amaldagi shakkoklik to‘g‘risidagi qonunga oshkora qarshi chiqqan.

Shakkoklik to‘g‘risidagi qonun 1980 yilning o‘rtalarida, Pokiston hukumatida harbiy diktator Ziyo ul-Haq boshchilik qilgan davrda qabul qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: