Peres Zidanga ishonch bildirishda davom etadi va transferlar siyosatida erkinlik beradi

Sport 15:02 / 29.02.2016 2161

Ispaniyaning «Real» klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan mamlakat chempionati doirasidagi «Atletiko»ga qarshi uchrashuvdagi mag‘lubiyatdan (0:1) keyin madridliklar prezidenti Florentino Peres bilan uchrashdi.

Cadena COPE radiosi bergan xabarga ko‘ra, uchrashuv davomida Peres fransuz mutaxassisiga to‘liq ishonishi bildirgan va unga transfer siyosati vaqtida to‘liq kart-blansh berilishini ma'lum qilgan.

Qayd qilinshicha, Zidan mavsum yakunida o‘ziga ma'qul bo‘lmagan istalgan futbolchi bilan xayrlashishi ham mumkin bo‘ladi.

Ispaniya chempionatining 26 turidan keyin «Real» turnir jadvalida o‘chinchi o‘rinda bormoqda, jamoa «Atletiko»dan 4, «Barselona»dan esa 12 ochko ortda qolmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: