Hindiston Toshkentdagi sammit vaqtida ShHT a'zosiga aylanadi

O‘zbekiston 14:24 / 29.02.2016 3990

Hindiston va Shanxay Hamkorlik tashkiloti a'zolari bu mamlakatning tashkilotga a'zo bo‘lib kirishi haqida memorandumni imzolashadi. Bu haqda Rossiya prezidentining ShHT bo‘yicha vakili, Rossiya TIVning tashkilotdagi maxsus elchisi Baxtiyor Xakimov ma'lum qilgan.

Rossiyalik diplomatning qayd etishicha, bu memorandum navbatdagi sammit vaqtida imzolanishi rejalashtirilgan.

"Memorandum imzolanishi bo‘yicha milliy koordinatorlar darajasida kelishib olingan. Bu loyihani hamkorlarga yetkazish va muhokamalar o‘tkazish bo‘ycha qaror bor. Ishlashda davom etamiz", deydi Xakimov.

Eslatib o‘tamiz, ShHTning navbatdagi sammiti Toshkentda, 23-24 iyun kunlarida o‘tkaziladi.

Ko‘proq yangiliklar: