Singapur avtomobillarni sun'iy yo‘ldosh orqali kuzatadi

Jamiyat 11:20 / 28.02.2016 2726

Singapurning yer usti transporti bo‘limi 2020 yildan boshlab elektron to‘plamlarning yangi tizimini kiritishga qaror qildi. Bu haqida Asiaone xabar berdi.

Hukumat xaritadan mashinaning qayerda ekanini aniqlash uchun har bir avtomobilga maxsus GPS-qurilma o‘rnatishadi. Haydovchilardan yo‘llarda intensiv harakat bilan bosib ketilgan masofa uchun jarima olishni boshlashadi. Avtopoyga mamlakat ichida ham, tashqarisida ham nazorat ostiga olinadi.

Yangi tizim orqali haydovchilar o‘z manziliga chiqishdan avval, yo‘llarda qay darajada tirbandlik borligi haqida bilib olishi mumkin. Yo‘l harakati to‘g‘risidagi barcha ma'lumotlar real vaqt rejimida ko‘rsatiladi. Hukumat qayd etishicha, tizim yo‘l o‘tkazgichlar bo‘ylab safar uchun ketadigan sarf-xarajatlarni qisqartirishga yordam beradi.

Bundan tashqari, ular «tig‘iz» vaqt davomida yo‘l vaqti uchun emas, faqat masofa uchun to‘lov olinishini va'da qilishdi. Yangi tizim parkovka uchun to‘lovlarni ham hisoblab beradi: pul miqdori endilikda avtomatik tarzda yozib boriladi, kuponlarni saqlab yurishga to‘g‘ri kelmaydi.

Shunday bo‘lsa-da, Mashable nashirining fikricha, bu kabi tizimning joriy etilishi Uber kabi xizmatlar uchun salbiy ta'sir etadi. Haydovchilar o‘z daromadining muhim bir qismini faqatgina ko‘p yo‘l bosganliklari uchun berishlariga to‘g‘ri keladi.

Singapur aholisi ham bu tizim – hukumatning fuqarolar shaxsiy hayoti ustidan nazoratni kuchaytirish uchun qilayotgan ishi ekanligidan xavotirga tushmoqda. Hukumat kishining qayerga ketgani va qaysi yo‘nalishni tez-tez bosib o‘tayotganidan xabardor bo‘ladi, qolgan barcha ma'lumotlardan esa o‘z xohishiga ko‘ra foydalanadi. Shu bilan birgalikda, yangi tizim joriy etilishi mumkin bo‘lmagan joylarda qilingan parkovka uchun jarima miqdorining ortishiga va boshqa mayda qoida-buzarliklarning ko‘payishiga sabab bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: