«Real» himoyachisi Serxio Ramos o‘z jamoadoshi, portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning o‘z intervyusi orqali jamoadoshlarini xafa qilmoqchi bo‘lmaganini ma'lum qildi.
«Men Krishtianu Ronalduni yaxshi bilaman. O‘ylaymanki, u jamoadoshlarini xafa qilmoqchi emasdi. Jamoa sardori sifatida «Real»dagi jamoadoshlarim bilan birga ishlayotganimdan faxrlanaman. Lekin har bir inson o‘z fikriga ega bo‘lishi mumkin.
Mag‘lubiyatga uchraganimizda barcha bizni tanqid qiladi. Derbidagi mag‘lubiyatni hazm qilish qiyin. Ushbu natija amalda bizni chempionlikdan mahrum qildi. Chempionlar ligasida yaxshi ishtirok etishga harakat qilamiz», – deydi Ramos.