Rossiyada Ravon yangi R2 xetchbeki narxlari e'lon qilindi

Fan-texnika 10:06 / 28.02.2016 12587

Rossiya bozorida faoliyat yuritayotgan Ravon kompaniyasi R2 xetchbeki (O‘zbekistondagi Chevrolet Spark)ning narxlari e'lon qilindi. Avtodilerlar Rossiya bozorida avtomat uzatish qutili eng arzon avtomobil hisoblanadigan Ravon R2 uchun 10 mart kunidan boshlab buyurtmalar qabul qilishi kutilmoqda.

Avtomobilning 1,25 litr sig‘imli to‘rt silindrli dvigatelga ega, agregatning uzatish tizimi 85 ot kuchiga teng minimal komplektatsiyadagi Comfort AT versiyasi bahosi 369 ming rubl (taxminan 4920 dollar)dan boshlanadi.

Optimum AT versiyasida to‘rtta xavfsizlik yostiqchasi bor. Eshiklarni qulflash tugmasi, passiv signalizatsiyaga ega. Asboblar paneli kumush rangida. Bort kompyuteri, konditsioneri bor, yon ko‘zgulari isitiladi, old oynasida quyoshdan himoya uchun qoraytirilgan tasma bor. Radiator panjarasi xromlangan, yon ko‘zgular elektrda rostlanadi, 14 dyuymli po‘lat disklari bor. Shuningdek, eshiklar tutqichi va yon ko‘zgu kuzov rangida. Bunday mashina narxi 439 ming rubldan (5850 dollar atrofida) boshlanadi.

Eng sara komplektatsiya bo‘lmish Elegant’da oldingi versiyalarga qo‘shimcha oltita xavfsizlik yostiqchasi bor (Optimumda to‘rtta xavfsizlik yostiqchasi). Old o‘rindiqlar isitilishi, 6ta kolonkasidagi audiotayyorgarlik, to‘rt eshigining oynako‘targichlari elektrlashgani, audiotizimning boshqaruv pulti ruldaligi uning afzallik jihatlaridir. Elegant turdagi mashina uchun 469 ming rubl (6250 dollar atrofida) va undan yuqori narx belgilangan.

Ko‘proq yangiliklar: