"Majnun" filmining kinoteatrlardagi namoyishi boshlanadigan kun ma'lum bo‘ldi

Jamiyat 10:58 / 28.02.2016 6441

O‘ziga xos filmlari bilan shuhrat qozongan rejissyor Jahongir Ahmedovning uzoq vaqt davomida suratga olingan o‘ziga xos yana bir ijod mahsuli, oxirgi haftlarda OAV hamda muxlislar diqqat markazida bo‘lgan "Majnun" kinokartinasining premerasi o‘tkaziladigan kun ma'lum bo‘ldi. Rejissyorning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma'lum qilishicha, film 6 mart kuni Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomli kinosaroyda ilk bor namoyish qilinadi. Filmni 7 mart kunidan boshlab poytaxt kinoteatrlarida tomosha qilish mumkin.

Shuningdek, “Majnun” nafaqat o‘zbek, balki rus va qozoq tillarida ham katta ekranlarga chiqarilishi rejalashtirilgan. Ijodkorlar filmni nafaqat o‘zbek kino bozorida, balki Qozog‘iston va MDH mamlakatlarida ham namoyish etishadi.

Filmdagi asosiy rollarda o‘zbek kinosining bugungi kundagi eng mashhur qiyofalarni uchratish mumkin: Ulug‘bek Qodirov, Asal Shodiyeva, Matyoqub Matchonov, Muhammadiso Abdulxayrov, Elyor Mahkamov va hokazo.

Bu filmni yanvar oyida kinomuxlislar e'tiboriga havola etilgan va katta qiziqish bilan ko‘rilgan "Baron" filmining tempini davom ettiradigan yana bir film sifatida kutishmoqda.

Filmga katta mablag‘ sarflangan, aktyorlar uchun katta gonararlar to‘langan. Qolaversa, unda eng so‘nggi zamonaviy kinotexnologiyalardan foydalanilgan. Turli murakkab effektlar va tasviriy yechimlar asarga yanada ta'sirchanlik bag‘ishlashi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: