London-Bratislava reysi samolyoti mast yo‘lovchilar sababli Berlinda rejadan tashqari qo‘nishga majbur bo‘ldi

Jahon 00:23 / 28.02.2016 2415

Ryanair aviakompaniyasining London-Bratislava reysi bo‘yicha uchayotgan samolyot Berlinning Shenefeld aeroportida rejadan tashqari qo‘nishni amalga oshirdi. Germaniya federal politsiyasida ma'lum qilinishicha, samolyot sardori samolyotdan bir guruh mast holdagi yo‘lovchilarni tushirib qoldirishga qaror qilgan.

Ushbu voqea 26 fevral kechki payt yuz bergan. 25 yoshdan 28 yoshgacha bo‘lgan 12 nafar Britaniyaning Sautgempton shahridan bo‘lgan yigitlar Bratislavada "kuyov oshi" o‘tkazmoqchi bo‘lishgan. Biroq Slovakiya poytaxtiga ulardan bor-yo‘g‘i 6 nafari yo‘lini davom ettirdi. Qolganlar, jumladan bo‘lg‘usi kuyov ham birozga Berlinda qolishiga to‘g‘ri kelgan.

Politsiya vakilining ma'lumotlariga ko‘ra, parvoz paytida qoidabuzarlar xavfsizlik qoidalarini buzganlar, bortpersonal ko‘rsatmalariga bo‘ysunmaganlar. Yigitlarga spirtli ichimliklar sotish rad etilganda, ular o‘zlarini tajovuzkorona tutishni boshlaganlar va samolyot sardori samolyotni qo‘ndirib, ularni tushirib yuborishga qaror qilgan. Endi kuyovto‘ra va uning do‘stlariga havo transportida xavfsizlik qoidasini buzganlik uchun 25 ming yevro jarima solinishi mumkin.

Samolyot bortida 170 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: