British Airways samolyoti Fransiyada majburiy qo‘nishni amalga oshirdi

Jahon 09:07 / 28.02.2016 1701

Londonga uchib ketayotgan British Airways aviakompaniyasiga tegishli A320 yo‘lovchi samolyoti texnik nosozlik tufayli o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi va Fransiyaning Bordo shahri aeroportida qo‘nishga majbur bo‘ldi.

TASS axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, favqulodda vaziyat samolyot havoga ko‘tarilgandach 1,5 soatdan keyin yuzaga kelgan. Samolyot bu paytda Biskay bo‘g‘ozi ustidan uchib o‘tayotgan bo‘lgan. Uchuvchi kabinasida texnik nosozlik haqida ogohlantiruvchi chiroq yongan.

Ekipaj yo‘nalishni o‘zgartirib, Bordo aeroportida qo‘nishga qaror qilgan. Jabrlanganlar haqida ma'lumot berilmagan.

Ko‘proq yangiliklar: