Yozef Blatter: Janni Infantino FIFA rahbari lavozimida munosib davomchi bo‘ladi

Sport 00:56 / 27.02.2016 3093

FIFAning sobiq prezidenti Yozef Blatter tashkilotning yangi prezidenti etib saylangan Janni Infantino uning munosib davomchisi bo‘lishini aytdi. Bu haqda AP agentligi ma'lum qildi.

FIFA prezidentiga saylovlar Tsyurixda (Shveytsariya) 26 fevralda bo‘lib o‘tdi. UYeFA bosh kotibi, 45 yoshli Infantino ovoz berishning 2-bosqichida 115 ta ovoz bilan yutdi.

"Infantino mening ishimni davom ettirish va korruptsion inqirozdan keyin FIFAdagi ishlarning holatini barqarorlashtirish uchun barcha sifatlarga ega", deb aytdi Blatter.

Blatter Infantino tajriba, bilim, strategik va diplomatik malakalarga ega ekanligini ta'kidlab o‘tdi.

Infantino FIFAning 9-prezidenti bo‘ldi. Avvalroq tashkilotga fransuz Rober Geren (1904-1906), angliyalik Deniyel Vulfoll (1906-1918), fransuz Jyul Rime (1931-1954), belgiyalik Rudolf Seldreyyers (1954-1955), angliyalik Artur Dryuri (1955-1961), Stenli Rouz (1961-1974), braziliyalik Joao Avelanj (1974-1998), shveysariyalik Yozef Blatter (1998 yildan keyin) boshchilik qilgan.

FIFA prezidenti uchun keyingi saylovlar 2019 yilda bo‘lib o‘tadi. Shu tariqa, Infantino Blatterning mandatini yakunlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: