Yangi Zelandiyadagi 6000 kishi yashaydigan qishloqqa shifokor izlanmoqda. Qishloq shifokori bo‘lishni istovchilar uchun 33 000 dollar miqdoridagi oylik maosh va'da qilingan. Bu haqda BuzzFeed xabar berdi.
Ish sharoitlari: ortiqcha ishlash yo‘q, tungi almashuvlar yo‘q, mehnat ta'tili uch oy. Bunday taklif juda zo‘rga o‘xshaydi, lekin bunday emasligi ma'lum bo‘ldi. Ish qidiruvchilar tinmay qo‘ng‘iroqlar bilan murojaat qilishadi.
Bu e'lonni bergan shifokor Alan Kenni, qishloq juda zerikarligi va internetning juda sekin ishlashi buning asosiy sabablari deb hisoblaydi.