Rossiyalik milliarder, Londonning "Arsenal" jamoasi aksionerlaridan biri Alisher Usmonov o‘zining jamoa aksiyalarining 30 foiziga egalik qila boshlagani haqidagi xabarlarni tasdiqladi va jamoaga "uzoq muddatli investitsiya" kiritishni mo‘ljallayotgani haqida aytib o‘tdi.
Usmonov "kanonirlar" jamoasi aksionerlaridan biri bo‘lgan, Red & White Holdings Limited kompaniyasi rahbari Farhod Mashiriydan aksiyalarni sotib olganini tasdiqlagan. Endilikda u Red & White kompaniyasining 100 foizlik aksiyalariga egalik qiladi. Uning Arsenal Holdings PLC holdingidagi ulushi 14,58 foizdan 30,04 foizga ortgan.
Usmonov 2007 yilda "Arsenal"ning 14,58 foiz aksiyalarini sotib olgan edi.
"Men endilikda Farhod Mashiriyning aksiyalar paketini sotib oldim va "Arsenal"dagi ulushimni 30 foizga oshirdim. Lekin bu Angliyadagi boshqa jamoaning katta miqdordagi aksiyalariga egalik qilishimga xalal bermaydi", deya Usmonovning so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Telegraph.
Bundan oldinroq, Alisher Usmonov "Everton" jamoasining yangi egasiga aylangani haqida xabar paydo bo‘lgandi. Lekin bu ma'lumot keyinroq inkor qilindi.
«Arsenal» 2015 yilning ikkinchi yarmidagi ziyoni 3,4 mln funtni tashkil etdi