Ukasini sotib yuborgan qashqadaryolik yigit qamaldi

Jamiyat 19:21 / 27.02.2016 16019

Qashqadaryo viloyatining Koson tumani Yangiobod tumanida istiqomat qiluvchi Madrahim Nodirov o‘z ukasi, qarindoshlari va mahallasidagi yana bir necha yigitni Qozog‘iston Respulikasiga ishlashga chaqirib, ularni qozoq millatiga mansub fuqaroga sotib yuborgan. Bu haqida “Huquq” nashri xabar berdi.

Ma'lum bo‘lishicha, ayblanuvchi Qozog‘istonga kelgan yaqinlari va mahalladoshlarining har biri uchun 300 AQSh dollaridan pul olgan. Bundan bexabar yigitlar ish beruvchining qo‘lida oylab mehnat qilganlar, biroq bir so‘m ham ish haqi olmaganlar. Bir necha oylik azoblaridan so‘ng yurtiga qaytgan yigitlar Madrahim Nodirov ustidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga shikoyat qilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi tumani sudi ayblanuvchi Madrahim Nodirovni 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi.

Ko‘proq yangiliklar: