Uchuvchisiz uchish qurilmasi La-Mansh bo‘g‘ozi bo‘ylab ilk parvozni amalga oshirdi

Jahon 19:58 / 27.02.2016 4553

Britaniya kompaniyalari Ocuair va Vulcan UAV hamkorligida yaratilgan uchuvchisiz parvoz qiluvchi Enduro 1 apparati La-Mansh bo‘g‘ozi ustidan kechib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi.

U quvvatlanish uchun to‘xtamasdan 72 daqiqa ichida 35 kilometrni uchib o‘tdi. Sinov jamoasi kvadrokopterni 500 metrli masofadan qayiqda kuzatib bordi.

Shuning bilan birga, xususiy uchuvchisiz boshqaruvning tartibga solish me'yorlarini ham amal qilishdi. Davomiy uchush uchun yetarlicha quvvat miqdorini dron har biri 22 A*ch sig‘imidagi ikki akkumulyatordan oldi. Hozircha bu elektr manbai tomonidan sodir etilgan birinchi sezilarli darajadagi uzoq parvozdir. Ocuair kompaniyasining direktori Richard Gill fikricha, o‘zining namunasi bilan hali hayotda to‘liq amalga oshirilmagan uchuvchisiz parvozning salohiyatini ko‘rsatishni istagan.

Ko‘proq yangiliklar: