Turkiyada gandbol jamoasi ketayotgan avtobus to‘ntarilib ketdi

Jamiyat 23:47 / 27.02.2016 2635

Turkiyaning markaziy qismida gandbol jamoasini olib ketayotgan avtobus yo‘l-transport hodisasiga tushdi, deb xabar bermoqda Dogan nashri.

Avtohalokat oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 12 kishi jarohat oldi. Hammasi bo‘lib avtobusda 45 kishi bo‘lgan. Avtobus Kahramonmarash — Kayseri trassasi bo‘yicha harakatlanayotgan bo‘lgan. Qayd etilishicha, avtohalokat yo‘lning Kayseri shahri yaqinidagi qismida yuz bergan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, avtobus haydovchi boshqaruvni qo‘ldan chiqargandan keyin to‘ntarilib ketgan. Voqea joyiga qutqaruvchilar, politsiya va shifokorlar yetib kelgan. Jarohatlanganlar shifoxonaga yetkazilganlar.

Ko‘proq yangiliklar: