Kecha, 26 fevral kuni, “O‘zbekiston” sport majmuasida boksning yangi yo‘nalishi Butunjahon boks seriyasi, ya'ni WSB bo‘yicha dastlabki uchrashuv o‘tkazildi. Unda “O‘zbek yo‘lbarslari” jamoasi Puerto-Rikoning “Puerto Rico Hurricanes” jamoasiga qarshi ringga ko‘tarildi.
Mazkur jamoalarning San-Xose shahrida bo‘lib o‘tgan ilk to‘qnashuvida WSB “O‘zbek yo‘lbarslari” jamoasi 5:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. Toshkentdagi javob uchrashuvida ham o‘zbekistonlik bokschilar raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmay, huddi shunday 5:0 hisobida g‘alabaga erishdi.
WSB. S2 jamoalari: "Uzbek Tigers" 5 - 0 "Puerto Rico Hurricanes"
52 kg: Qodirov Abror - Keyber Avilla (TKO R3 0:11)
60 kg: Abduraimov Elnur - Stiven Ruidiaz (50:45/50:45/50:45)
69 kg: Turdiyev Doston - Samuel Kedeno (TKO R3)
81 kg: Abdullayev Shuhrat - Juan Karillo (49:46/49:46/49:46)
+91 kg: Abdullayev Sardor - Valavikus Mantas (50:45/50:44/50:45)
Shuningdek, kecha APB yo‘nalishida ham uchta jang o‘tkazildi va ularning barchasida o‘zbek bokschilari g‘olib chiqdi:
52 kg: Latipov Jasurbek (O‘zbekiston) — Murdum Engene Gandulam (Mo‘g‘uliston) TKO 5R
69 kg: Mahmudov Dilshod (O‘zbekiston) — Yuba Ndiayye Sissoxo (Ispaniya) 3:0
75 kg: Madrimov Isroil (O‘zbekiston) — Krishan Vikash Yadav (Hindiston) 3:0
Bugun, 27 fevral kuni, “O‘zbekiston” sport majmuasida «Uzbek tigers» va «Astana arlans» jamoalari o‘rtasidagi janglar ham bo‘lib o‘tadi.