Toshiba kompaniyasi Yevropadagi kompyuterlar savdosini to‘xtatishi haqida ma'lum qildi. The Register nashri xabariga ko‘ra, kompaniya Yaponiya va AQShdagi korporativ segmentni yanada kuchaytirmoqchi.
Dastlab OAVda Toshiba kompaniyasining shaxsiy kompyuterlar bozorini tark etishi haqida yozilgandi. Endi esa kompaniya Yevropa bozoridan chiqib ketishi haqida rasman ma'lum qildi.
Ammo Toshiba kompyuter bozoridan butkul ketishni rejalashtirmagan. Noutbuk va planshetlar savdosi, ma'lum qilinganidek, yapon va AQSh bozorida davom etadi. Toshiba o‘tgan yilning dekabr oyida Rossiya bozorini tark qilgandi.
Digitimes nashri hatto Toshiba kompaniyasining Vaio hamda Fujitsu kompaniyalari bilan birga ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi haqida yozgan bo‘lsa, «Kommersant'» nashri Toshiba`ning ortidan rus elektronika bozorini Sharp kompaniyasi ham tark etgani, Panasonic kompaniyasi esa arzon modellar ishlab chiqarish va yetkazib berishdan voz kechgani haqida yozgandi.