Suriyadagi dushman tomonlarni murosaga keltirish bo‘yicha Xmemimdagi markaz rahbari, general-leytenant Sergey Kuralenkoning ma'lum qilishicha, o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvning amalga oshirilishi jarayoni 70ta dron orqali nazorat qilib boriladi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar tarqatgan.
"Biz bu kelishuvga rioya qilinishini nazorat qilamiz. Shu bilan birgalikda, IShID hamda "Jibhat an-Nusra" o‘z holiga tashlab qo‘yilmasligi kerak. Biz Suriyaning barcha hududida nazoratni amalga oshiramiz. Shu maqsadda har kuni 70ta uchuvchisiz uchish qurilmasi parvozga chiqariladi. Ular kuzatuv va razvedka ishlarini olib borishadi", deydi Kuralenko.