Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv kuchga kirdi

Jahon 08:05 / 27.02.2016 3786

Suriyada Toshkent vaqti bilan, 27 fevral kuni soat 03:00da hukumat qo‘shinlari va muxolifat o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha bitim kuchga kirdi.

BMT Xavfsizlik kengashi tinchlik sulhi bo‘yicha kelishuvni bir ovozdan ma'qullagan. Qayd etilishicha, Suriya armiyasi va muxolifat harbiylari Rossiya hamda AQSh tomonlarini harbiy harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv shartlarini qabul qilgani haqida ogohlantirgan.

BMT maxsus elchisi Staffan de Misturning xabar berishicha, sulh shartlariga amal qilinmasa, keyingi muzokaralar 7 mart kuni o‘tkazilishi mumkin.

Bundan oldinroq, Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Gennadiy Gatilov Suriyadagi jangarilarni yo‘q qilmasdan mintaqada barqarorlikka erishishning iloji yo‘qligi haqida aytib o‘tgandi.

Ko‘proq yangiliklar: