AQSh olimlarining keyingi tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, stressga bo‘lgan hissiy reaksiya ketma-ket sodir bo‘lgan stresslarga nisbatan sog‘liqqa zarar keltiradi. Tadqiqot natijalari Psychosomatic Medicin jurnalida chop etilgan.
Ma'lumki, stress va salbiy hissiyotlar yurak va qon-tomir kasalliklarini keltirib chiqaradi, lekin hozirgacha buning sababi aniq emas. Taxminlardan biri bu stress holatining vegetativ asab tizimiga zarar yetkazishi, stress holatlarining takrorlanishi va yurak ritmining o‘zgarishi o‘rtasida qanday munosbat bor ekan deb qiziqib ko‘rishdi.
«Sog‘lom bo‘lish uchun yurak ritmining o‘zgaruvchanligi muhim. O‘zgaruvchanlik kam odamlar yurak kasalliklariga chalinishga ko‘proq moyil bo‘lib, vaqtidan oldin o‘lish xavfi mavjud», deb hisoblaydi Pensilvaniya sog‘lom ulg‘ayish markazi doktori Nensi Sin.
Olimlar sakkiz kun ichida 35dan 85 yoshgacha bo‘lgan 909 qatnashuvchini tekshirib, ulardan kelgan ma'lumotlarni solishtirishdi. Bu tekshiruvda qatnashuvchilar o‘z stress holatlari haqida telefonda intervyu orqali gapirib berishdi. Keyin esa, intervyudan olingan ma'lumotlar elektrokardiogramma bilan solishtirildi.
Shu ma'lum bo‘ldiki, stressga bo‘lgan hissiy reaksiya stressning o‘ziga nisbatan ko‘proq zarar ko‘rsatar ekan. Yurak urish ritmining o‘zgaruvchanligi kamayib ketishi, salbiy hissiyotlarni his qilgan odamda ko‘proq kuzatilgan.
Olimlar umid qilishadiki, bu tadqiqot natijalari shunday holatlarni tuzatishda yordam beruvchi amaliyotlarni ishlab chiqishda yordam beradi.