Putin FIFAning yangi prezidentini tabrikladi

Sport 07:49 / 27.02.2016 3276

Putin telegrammada Infantinoning katta obro‘ga egaligini, u bu obro‘ga xalqaro sport tashkilotlaridagi sermahsul faoliyati evaziga erishganini ta'kidlab o‘tdi. Rossiya prezidenti Infantino yangi lavozimda FIFAning mavqeini mustahkamlay olishiga ishonch bildirdi.

"Aminmanki, professional tajriba, katta ijodiy, tashkiliy salohiyatingiz sizga yangi mas'uliyatli lavozimda yordam beradi, FIFAning dunyodagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi", deyilmoqda telegrammada.

Putin, shuningdek, Moskva tashkilot bilan, jumladan, 2018 yilgi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari bo‘yicha hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, 26 fevralda Tsyurixda FIFA prezidentiga ovoz berish jarayonida UYeFA bosh kotibi, 45 yoshli Janni Infantino 115 ta ovoz yiqqan holda tashkilotning yangi prezidenti etib saylandi. Infantinoning bu lavozimdagi vakolati 2019 yilgacha davom etadi.

Ko‘proq yangiliklar: