Parijdagi xalqaro ko‘rgazmada tartibsizliklar yuz berdi

Jahon 18:47 / 27.02.2016 2294

Parijda 27 fevralda boshlangan xalqaro qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasida tartibsizliklar yuz berdi. Norozilik bildirayotganlar Fransiya qishloq xo‘jaligi vazirligining ko‘rgazmadagi stendini vayron qilishdi. Bu haqda France Presse nashri xabar bermoqda.

Norozilar ko‘rgazmani ochgani kelgan Fransiya prezidenti Fransua Ollandni hushtakbozlik va uning iste'foga ketishini talab qilgan holda hayqiriqlar bilan kutib oldilar. Ulardan ba'zilarida esa "Men fermerman, men halok bo‘lyapman" degan yozuvli futbolkalar bo‘lgan.

Voqea joyiga namoyishchilarni tinchlantirish uchun mamlakat xavfsizlik kuchlari yetib kelgan.

Ko‘rgazma 6 martgacha davom etadi. Unga 650 ming odam tashrif buyurishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: