O‘zbekiston va Rossiya o‘zaro teatr gastrollari o‘tkazishni rejalashtirmoqda

Jamiyat 21:56 / 27.02.2016 3912

O‘zbekiston va Rossiya o‘zaro teatr gastrollari o‘tkazishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda Rossiya madaniyat vazirligi matbuot xizmati.

26 fevralda Moskvada ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tib, unda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida o‘zaro teatr gastrollari o‘tkazish masalasiga to‘xtalib o‘tildi. Tadbirda Rossiya madaniyat vazirining o‘rinbosari Aleksandr Juravskiy va O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi maslahatchisi Ravshanbek Alimov ishtirok etdi.

"Men O‘zbekistonning madaniyat sohasida hamkorlikni davom ettirish va oshirishga qiziqishini tasdiqlashni istardim. Rossiya madaniyati, rus madaniyati bizning madaniy hayotning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi", deb aytdi Ravshanbek Alimov.

Alimov Rossiya madaniyat vazirligiga Rossiyaning mashhur teatrlari, jumladan Rossiya Davlat akademik Katta teatrining O‘zbekistonga gastrollar uyushtirishida ko‘mak ko‘rsatish iltimosi bilan murojaat qildi. Alimovning aytishicha, O‘zbekiston spektakllar o‘tkazish uchun barcha sharoitlarni ta'minlashga tayyor. Shuningdek, Rossiyada O‘zbekiston teatrlarining javob gastrollarini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Juravskiy ikki tomon uchun ma'qul muddatlarda gastrollar tashkil etish uchun bu masalani Rossiya teatrlari bilan muhokama qilishga va'da berdi.

Ko‘proq yangiliklar: