Nigeriyada bir nechta davlatlarning birgalikdagi operatsiyasi davomida "Boko Harom" terrorchilik guruhining 92 jangarisi yo‘q qilindi. Bu haqda Kamerun hukumatiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Operatsiya davomida jangarilar asirlikda ushlab turgan 850 nafar odam ozod qilindi va guruhning muhim bazalaridan biri yo‘q qilindi.
Operatsiya 23-24 fevral kunlari Nigeriya-Kamerun chegarasida Kamerun, Nigeriya, Chad, Benin va Niger harbiylari ishtirokida o‘tkazilgan. Operatsiya davomida 2 nafar kamerunlik askar halok bo‘lgan, 5 nafari yaralangan.
Hammasi bo‘lib oxirgi 2 haftada harbiylar terrorchilik guruhi asirligidan deyarli 1900 nafar odamni ozod qilgan, deb ma'lum qildi International Business Times nashri.