Nemtsovning o‘limiga 1 yil to‘lgan kunda Moskva ko‘chalarida 24 mingdan ortiq kishi xotira marshida ishtirok etdi.
Marsh Moskva vaqti bilan soat 14:00da Pushkin maydonida boshlandi va 15:30da Sadoviy ko‘chasida yakunlandi. Tashkilotchilardan biri o‘z tvitterida ma'lum qilishicha, marshda ishtirok etganlar soni 24 ming nafardan oshgan.
"24 ming 356 kishi Boris Nemtsovni xotirlab, marshga chiqdi", deyiladi manbada.
Dastlabki xabarlarda mitingda 7,5 ming kishi ishtirok etayotgani aytilgandi.
Marsh vaqtida Kemerovo politsiyasi tartiblarga rioya etmagan 6 nafar marsh ishtirokchisinii qo‘lga olgan. Undan oldinroq, Voronejda miting ishtirokchilariga tuxumlar otib, un sepishgani haqida xabarlar yozilgandi.
Boris Nemtsov 2015 yil 27 fevral kuni kechqurun Moskva shahrining markazida otib o‘ldirilgan edi. Tergov jinoyatni bevosita sodir etganlikda Dadayevni gumon qilmoqda va qolgan to‘rt nafar shaxs esa jinoyatni sodir etishda aloqadorlikda ayblanmoqda.