Argentinalik sobiq futbolchi va murabbiy Diyego Maradona FIFAning yangi prezidenti Janni Infantinoni tanqid qilib chiqdi.
«Shahzoda Ali va shayx Salmon rahbarlik uchun katta layoqatga ega, Infantino — sotqin. Uning sobiq rahbarini tekshirishmoqda, uning o‘zi esa odatdagi tartibda ishlashda davom etmoqda.
Qur'a vaqtida sharlarni aralashtirib yurgan odam FIFA prezidenti bo‘lsa, demak — barchasi juda yomon.
FIFA prezidenti futbol va homiylar orqali boyishni istamaydigan odam bo‘lishi kerak edi», — deydi Maradona.
Eslatib o‘tamiz, Infantino 26 fevral kuni Tsyurixda o‘tgan saylovda 115 ovoz olib g‘alaba qozondi. Uning saylovdagi asosiy raqibi, OFK prezidenti shayx Salmon ibn Ibrohim Al-Xalifa esa 88ta ovoz oldi.